
Bugun Farg‘ona shahridagi akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
⚽ Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyi jamoasi munosib ishtirok etib, barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda faxrli I o‘rinni qo‘lga kiritdi! 🥇
🎉 Ushbu g‘alaba jamoamizning sportdagi mahorati, jipsligi, irodasi va g‘alabaga bo‘lgan intilishining yorqin natijasidir.
👏 G‘olib jamoamizni samimiy muborakbod etamiz!
Kelgusi musobaqalarda ham yangi zafarlar va ulkan g‘alabalar tilaymiz!
🥇 I o‘rin — Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyi!
⚽ Bizning jamoa — bizning faxrimiz!
