
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-184-son Qarori 3-ilovasida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarning 3-bandida o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tizimi tashkilotlari o‘quvchilarining ekologik madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish vazifasi belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 4-dekabr kuni Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyining 6-25 guruhi o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida “Ekosavodxonlik bilan tanishamiz” mavzusida interaktiv dars tashkil etildi. 🌿
Dars davomida o‘quvchilarga atrof-muhitni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni to‘g‘ri saralash, yashil hududlarni ko‘paytirish hamda ekologik mas’uliyatni oshirish bo‘yicha zarur ma’lumotlar berildi.
💚 Interaktiv mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilar o‘z bilimlarini mustahkamlab, ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslik, tabiatni asrab-avaylash va ekologik madaniyatni kundalik hayotda qo‘llash bo‘yicha foydali ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
🌳 Tabiatni asrash — kelajakni asrashdir!
🌱 Ekologik madaniyat — har birimizdan boshlanadi!
