photo 2025 09 19 10 42 53

Faol o‘quvchilar munosib rag‘batlantirildi

photo 2025 09 19 10 42 53

Davlatimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy va bayram tadbirlarida faol ishtirok etgan o‘quvchilar akademik litsey ma’muriyati tomonidan munosib taqdirlanib, rag‘batlantirildilar.

Taqdirlash marosimida o‘quvchilarning tashabbuskorligi, ijodkorligi, vatanparvarligi hamda jamoat ishlaridagi faolligi alohida e’tirof etildi. Bunday e’tibor va rag‘bat yoshlarni yanada yuqori marralarni zabt etishga, ta’lim va tarbiya jarayonlarida faol bo‘lishga undaydi.

👏 Faol va tashabbuskor o‘quvchilarimizni muborakbod etamiz hamda ularga o‘qish va jamoat ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!