photo 2025 09 23 14 21 38

“Besh tashabbus olimpiadalari” sport musobaqalariga start berildi!

photo 2025 09 23 14 21 38

Bugun, 22-sentyabr kuni Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadalari” doirasidagi sport musobaqalariga tantanali ravishda start berildi.

Musobaqalarning ilk kunida o‘g‘il bolalar o‘rtasida mini futbol, qizlar o‘rtasida esa voleybol bo‘yicha qizg‘in bellashuvlar tashkil etildi. Bahslarda ishtirokchilar sport mahorati, jamoaviy hamjihatlik va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.

Mazkur musobaqalar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda sport orqali do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

🏆 Barcha ishtirokchilarga musobaqalarning keyingi bosqichlarida omad, yorqin g‘alabalar va yuksak natijalar tilaymiz!