photo 2025 12 05 14 41 04

Konstitutsiya — huquq va erkinliklarimiz kafolati!

photo 2025 11 05 11 54 14

Bugun Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan o‘quvchi-yoshlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.

🎉 Tadbir ko‘tarinki ruhda, bayramona kayfiyat va yuksak vatanparvarlik tuyg‘ulari ostida o‘tkazildi. Unda o‘quvchilar tomonidan Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati, inson huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi hamda Vatanga sadoqat kabi ezgu g‘oyalarni tarannum etuvchi she’rlar, badiiy chiqishlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

📖 Tadbir davomida Bosh Qomusimizning jamiyat va davlat hayotidagi beqiyos o‘rni, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

🌟 Bayram tadbiri ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirib, Konstitutsiyamizga bo‘lgan hurmat va ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

🇺🇿 Konstitutsiyamiz — huquqimiz, erkinligimiz va farovon kelajagimiz poydevoridir!

🎊 Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan muborakbod etamiz!