photo 2026 10 20 16 21 00

Ona tilim — millatimning bebaho boyligi

photo 2026 10 20 16 21 00

20-oktabr kuni Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Ona tilim — millatim faxri” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy va badiiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar tomonidan ona tilimizning betakror jozibasi, boy tarixi, go‘zalligi hamda milliy qadriyatlarimizni tarannum etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar namoyish etildi. Ushbu chiqishlar bayramga o‘zgacha fayz va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Mazkur tadbir yosh avlod qalbida ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtiromni yanada mustahkamlash, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yuksaltirish, o‘zbek tilining jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va nufuzini oshirishga xizmat qildi.

Ona tilimiz — xalqimizning bebaho ma’naviy merosi, milliy o‘zligimiz va madaniyatimizning yorqin timsolidir. Uni asrab-avaylash, boyitish hamda kelajak avlodlarga sof holda yetkazish har birimizning muqaddas burchimizdir.

Ona tilim — faxrim, g‘ururim va millatimning bebaho boyligi!