
Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyi Xotin-qizlar kengashi raisi Gulbahor Isroiljonova o‘quvchilar turar joyiga tashrif buyurib, u yerda istiqomat qilayotgan o‘quvchi-qizlar bilan samimiy davra suhbati o‘tkazdi.
Suhbat davomida qizlarning odob-axloqi, muomala va kiyinish madaniyati, milliy qadriyatlarimizga hurmat, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kelajakdagi maqsadlari sari dadil intilish kabi muhim masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, o‘quvchi-qizlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, shaxsiy rivojlanish va jamiyatda munosib o‘rin egallash borasida zarur tavsiyalar berildi.
Uchrashuv davomida qizlarning fikr-mulohazalari, taklif va istaklari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Mazkur davra suhbati o‘quvchi-qizlarning ma’naviy kamolotini yuksaltirish, ularda mas’uliyat, mustaqil fikrlash va yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish hamda kelajakdagi orzu-maqsadlariga erishish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.
Tarbiyali, bilimli va ma’naviyatli qizlar — kelajagimiz ko‘zgusi!
