photo 2026 10 21 20 00 13

Rahbar va yoshlar — samimiy muloqot

photo 2026 10 21 20 00 13

Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida o‘quvchi-yoshlarning fikr va takliflarini o‘rganish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuv davomida akademik litsey direktori Ilhomjon Mamajonov o‘quv xonalariga tashrif buyurib, o‘quvchi-yoshlar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazdi. Suhbatlarda yoshlarning ta’lim olishi, tartib-intizomi, odob-axloqi, kelajakdagi maqsadlari hamda erishayotgan yutuqlari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning fikr-mulohazalari va takliflari tinglanib, ularning bilim olishga bo‘lgan intilishini kuchaytirish, iqtidorini rivojlantirish hamda faol va tashabbuskor shaxs sifatida kamol topishiga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur uchrashuv rahbariyat va o‘quvchilar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash, yoshlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish hamda ularni kelajak sari aniq maqsadlar bilan intilishga ruhlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Yoshlar — kelajagimiz bunyodkorlari, ularning yutuqlari — litseyimiz faxri!