
Bugun erta tongdan Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyi o‘quvchi-yoshlari ustozlarni bayram bilan muborakbod etish maqsadida akademik litseyga jam bo‘ldilar.
Ko‘tarinki kayfiyat, samimiy tabriklar, ezgu tilaklar va iliq olqishlar ila o‘quvchilar ustozlariga o‘zlarining chuqur hurmat va ehtiromlarini izhor etdilar. Bayramona muhitda yangragan dil so‘zlari ustozlarning mashaqqatli mehnati, sabr-toqati va fidoyiligiga bo‘lgan yuksak e’tiborning yorqin ifodasi bo‘ldi.
🌹 Aziz ustozlar! Sizlarning zahmatli mehnatingiz, bilim va tarbiya yo‘lidagi fidoyiligingiz hamisha yuksak qadrlanadi. Barchangizni bayram bilan yana bir bor samimiy muborakbod etamiz, sihat-salomatlik, oilaviy baxt va pedagogik faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

