photo 2025 09 26 14 16 25

“Zakovat” intellektual o‘yini qizg‘in davom etmoqda!

photo 2025 09 26 14 16 25

Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyining o‘quv zalida ayni daqiqalarda iqtidorli o‘quvchilar ishtirokida navbatdagi “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tmoqda.

Bellashuvda 12 ta jamoa ishtirok etib, o‘zlarining bilimlari, mantiqiy fikrlashi, tezkor qaror qabul qilish qobiliyati hamda jamoaviy hamkorligini sinovdan o‘tkazmoqda. Har bir savol ishtirokchilardan keng dunyoqarash, teran mushohada va topqirlikni talab etmoqda.

📚 “Zakovat” intellektual o‘yini yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

🏆 Barcha jamoalarga omad va g‘alaba yor bo‘lishini tilaymiz!