
Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida psixolog Elyorjon Yo‘ldashev tomonidan birinchi bosqich o‘quvchilari o‘rtasida temperament tiplarini aniqlashga qaratilgan psixologik testlar o‘tkazilmoqda.
Mazkur testlar o‘quvchilarning individual psixologik xususiyatlarini o‘rganish, ularning qobiliyat va imkoniyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish hamda ta’lim-tarbiya jarayonini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
✨ Hurmatli o‘quvchilar!
Agar sizga psixologik maslahat, tavsiya yoki qo‘llab-quvvatlash zarur bo‘lsa, akademik litseyning tajribali psixologi Elyorjon Yo‘ldashevga bemalol murojaat qilishingiz mumkin.
🤝 Sizning ruhiy xotirjamligingiz va muvaffaqiyatingiz biz uchun muhim!
