photo 2025 10 03 10 47 54

Iqtidor egalari munosib taqdirlandilar!

photo 2025 10 03 10 47 54

Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyining bir guruh iqtidorli o‘quvchilari “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan ijodiy ishlar tanlovida faol ishtirok etdilar.

Tanlov doirasida o‘quvchilar o‘zlarining she’rlari, hikoyalari, esselari, maqolalari, chizgan rasmlari hamda tayyorlagan videoroliklari orqali ustozlarga bo‘lgan cheksiz hurmat va minnatdorlik tuyg‘ularini ijodiy yondashuv bilan ifoda etdilar.

Bugun, 3-oktyabr kuni o‘tkazilgan subhidam yig‘ilishida mazkur tanlovda faol qatnashgan iqtidor egalari akademik litsey ma’muriyati tomonidan munosib taqdirlanib, rag‘batlantirildilar.

🌟 Ijodkor va tashabbuskor o‘quvchilarimizni muborakbod etamiz! Ularning kelgusidagi ijodiy va ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi yutuq va zafarlar tilaymiz.