photo 2025 10 21 13 57 14

“So‘z sehri” – ona tilimizga ehtirom ifodasi

photo 2025 10 21 13 57 14

Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida 21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “So‘z sehri” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda 9-25 guruhi o‘quvchilari ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi M. Sharipova rahbarligida faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida o‘quvchilar ona tilimizning boyligi va jozibasini tarannum etuvchi she’rlar, sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar hamda qiziqarli ijodiy namoyishlar bilan ishtirok etib, o‘z iste’dod va mahoratlarini namoyon etdilar.

Mazkur tadbir o‘quvchilarda ona tiliga bo‘lgan hurmat va muhabbatni yanada mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash hamda ma’naviy dunyoqarashini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi.

🌿 Ona tilimiz – milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va g‘ururimiz timsolidir!