photo 2025 11 05 11 54 14

Xorijda ta’lim olish imkoniyatlari haqida targ‘ibot tadbiri

photo 2025 11 05 11 54 14

Bugun, 5-noyabr kuni Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida Koreya Respublikasidagi INHA universiteti vakillari ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

🎓 Tadbir davomida xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishga qiziqayotgan o‘quvchilarga INHA universitetida ta’lim olish imkoniyatlari, mavjud ta’lim yo‘nalishlari, qabul jarayonlari, talablar hamda xorijda o‘qishning afzalliklari haqida qiziqarli va foydali ma’lumotlar berildi.

💬 Uchrashuv yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, universitet vakillaridan batafsil va to‘liq javoblar oldilar.

Mazkur tadbir yoshlarning xorijiy ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kelajakdagi ta’lim yo‘nalishini to‘g‘ri tanlash va xalqaro imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha tasavvurlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

🌟 Bugungi o‘quvchi — ertangi xalqaro talaba! Kelajak sari imkoniyatlar sari dadil qadam tashlaylik!