photo 2025 11 05 11 54 14

“Bayrog‘im — faxrim!”

photo 2025 11 05 11 54 14

Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri keng nishonlandi.

Tadbirni Qurbonova Nurixon ustoz rahbarligidagi 2-25 guruhi o‘quvchilari “Bayrog‘im — faxrim!” shiori ostida yuqori saviyada tashkil etdilar.

🇺🇿 Tadbir davomida o‘quvchilar Davlat bayrog‘imizning mazmun-mohiyati, uning xalqimiz hayotidagi o‘rni va milliy g‘ururimiz timsoli ekanini tarannum etuvchi she’rlar, badiiy chiqishlar hamda sahna ko‘rinishlari orqali o‘zlarining chinakam vatanparvarlik tuyg‘ularini namoyon etdilar.

Tadbir ko‘tarinki ruhda, yuksak vatanparvarlik va bayramona kayfiyatda o‘tib, unda ishtirok etgan barcha ustoz va o‘quvchilarda unutilmas va iliq taassurotlar qoldirdi.

💙 Bayrog‘imiz — g‘ururimiz!
💚 Bayrog‘imiz — milliy o‘zligimiz timsoli!
❤️ Bayrog‘imiz — Vatanimiz sha’ni va sharafi!

🇺🇿 Bayrog‘im — faxrim, g‘ururim va iftixorim!