photo 2026 09 15 14 50 27

Mening raqamli huquqlarim

photo 2026 09 15 14 50 27

15-sentyabr kuni Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-martdagi 91-son qarori 1-ilovasi 13-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Mening raqamli huquqlarim” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda Farg‘ona viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari ishtirok etib, o‘quvchi-yoshlarga raqamli muhitda o‘z huquqlarini himoya qilish, internetdan xavfsiz va samarali foydalanish hamda kiberjinoyatlarning oldini olish bo‘yicha muhim ma’lumotlar berdilar.

Tadbir davomida shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash, internet firibgarligidan ehtiyot bo‘lish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati va axborot xavfsizligi qoidalariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur seminar o‘quvchilarning raqamli savodxonligini oshirish, huquqiy bilimlarini mustahkamlash hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan mas’uliyat bilan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.