
Ustozlarga ehtirom — qalblarga ziyo ulashish
Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ustoz va murabbiylarni tantanali kutib olish hamda bayram bilan tabriklash tadbiri tashkil etildi.
Erta tongdan akademik litseyda bayramona muhit hukm surdi. O‘quvchi-yoshlar o‘zlarining aziz ustozlarini go‘zal gullar, esdalik sovg‘alari va samimiy tilaklar bilan kutib olib, ularga bo‘lgan cheksiz hurmat va minnatdorliklarini izhor etdilar.
Bayram dasturi davomida o‘quvchilar tomonidan ustozlarga bag‘ishlangan badiiy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar, she’rlar hamda samimiy dil izhorlari namoyish etildi. Ushbu chiqishlar tadbirga o‘zgacha fayz va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Mazkur bayram tadbiri ustozlarning sharafli va mas’uliyatli mehnatini ulug‘lash, yosh avlod qalbida ularga nisbatan hurmat va ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Barcha aziz ustoz va murabbiylarimizni kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, sharafli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tilaymiz!
Ustoz — ilm va ma’rifat yo‘lini yorituvchi buyuk siymo!
