
📚 Bugun, 8-oktyabr — Payshanba, “Yoshlar kuni” munosabati bilan Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida 1-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida litseyning asosiy “ZAKOVAT” jamoasi tarkibiga saralash o‘yini bo‘lib o‘tdi.
🎯 Intellektual bellashuvda 9 ta jamoa ishtirok etib, o‘zlarining bilim, mantiqiy fikrlash, tezkorlik va jamoaviy hamkorlik borasidagi salohiyatlarini namoyon etdilar.
🏆 G‘OLIB — 5-26 guruhi jamoasi! 🥇
👏 G‘olib jamoani ushbu munosib natija bilan samimiy tabriklaymiz!
✨ Mazkur bellashuv o‘quvchi-yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish, intellektual salohiyatini rivojlantirish, mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda iqtidorli yoshlarni aniqlashga xizmat qildi.
🧠 Bilim — kuch! Tafakkur — imkoniyat! Zakovat — kelajak sari yo‘l!
