
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida katta tanaffus vaqtida ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Ona tilim — millatim faxri” mavzusida viktorina tashkil etildi.
Tadbir davomida ona tilimizning milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz, tariximiz va qadriyatlarimizni ifodalovchi bebaho boylik ekanligi alohida ta’kidlandi. O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi ahamiyati, boy tarixi va betakror imkoniyatlari haqida fikrlar bildirildi.
Qiziqarli va ko‘tarinki ruhda o‘tgan viktorinada o‘quvchilar ona tilimizning tarixi, lug‘aviy boyligi hamda adabiyotimizga oid savollarga javob berib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.
Mazkur tadbir yosh avlod qalbida ona tiliga bo‘lgan muhabbat va ehtiromni yanada mustahkamlash, milliy g‘urur tuyg‘usini yuksaltirish hamda o‘zbek tilining nufuzini oshirishga xizmat qildi.
Barcha ustozlarimiz va o‘quvchilarimizni O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Tilimiz yashasa, millatimiz yashaydi!
