“Zakovat” intellektual o‘yini qizg‘in davom etmoqda!
Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyining o‘quv zalida ayni daqiqalarda iqtidorli o‘quvchilar ishtirokida navbatdagi “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tmoqda. Bellashuvda 12 ta jamoa ishtirok etib, o‘zlarining bilimlari, mantiqiy fikrlashi, tezkor qaror qabul qilish qobiliyati hamda jamoaviy hamkorligini sinovdan o‘tkazmoqda. Har bir savol ishtirokchilardan keng dunyoqarash, teran mushohada va topqirlikni talab etmoqda. 📚 “Zakovat” intellektual […]
“Zakovat” intellektual o‘yini qizg‘in davom etmoqda! Read More »




