Tadbirlar va bayramlar

photo 2026 03 25 17 12 24

“Xush kelding, Navro‘zi olam” bayrami

Bugun, 2026-yil 25-mart kuni Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida milliy qadriyatlarimizni ulug‘lovchi “Xush kelding Navro‘zi olam” hamda “Sumalak party” bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Navro‘zning qadimiy an’analari, urf-odatlari va milliy qadriyatlarini aks ettiruvchi badiiy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar, raqslar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shuningdek, sumalak sayli tashkil etilib, ishtirokchilar

“Xush kelding, Navro‘zi olam” bayrami Read More »

photo 2025 12 26 13 21 35

🎄🎅 Yangi yil — yangi orzular, yangi marralar! 🎉

26-dekabr kuni Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida Yangi yil bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. 🎊 Bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyat va o‘zgacha shukuhda tashkil etilib, o‘quvchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi. Tadbir davomida qiziqarli va quvnoq o‘yinlar, turli tanlovlar, kuy-qo‘shiqlar hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi. ✨ Bayramona muhitda o‘quvchilar yil davomida erishgan yutuqlarini nishonlab, do‘stlari

🎄🎅 Yangi yil — yangi orzular, yangi marralar! 🎉 Read More »

photo 2025 12 05 14 41 04

Konstitutsiya — huquq va erkinliklarimiz kafolati!

Bugun Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan o‘quvchi-yoshlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi. 🎉 Tadbir ko‘tarinki ruhda, bayramona kayfiyat va yuksak vatanparvarlik tuyg‘ulari ostida o‘tkazildi. Unda o‘quvchilar tomonidan Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati, inson huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi hamda Vatanga sadoqat kabi ezgu g‘oyalarni tarannum etuvchi

Konstitutsiya — huquq va erkinliklarimiz kafolati! Read More »

photo 2025 11 05 11 54 14

“Bayrog‘im — faxrim!”

Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri keng nishonlandi. Tadbirni Qurbonova Nurixon ustoz rahbarligidagi 2-25 guruhi o‘quvchilari “Bayrog‘im — faxrim!” shiori ostida yuqori saviyada tashkil etdilar. 🇺🇿 Tadbir davomida o‘quvchilar Davlat bayrog‘imizning mazmun-mohiyati, uning xalqimiz hayotidagi o‘rni va milliy g‘ururimiz timsoli ekanini tarannum

“Bayrog‘im — faxrim!” Read More »

photo 2025 10 24 12 31 38

Faol o‘quvchilar munosib taqdirlandilar

Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida hafta davomida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, intellektual bellashuvlar hamda sport musobaqalarida faol ishtirok etgan o‘quvchilar akademik litsey ma’muriyati tomonidan munosib taqdirlandilar. Taqdirlash marosimida o‘quvchilarning tashabbuskorligi, faolligi, jamoaviy hamkorligi va erishgan natijalari alohida e’tirof etildi. Faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari hamda rag‘batlantiruvchi sovrinlar topshirildi. Bunday e’tibor va rag‘bat o‘quvchilarning bilim

Faol o‘quvchilar munosib taqdirlandilar Read More »

photo 2025 10 21 13 57 14

“So‘z sehri” – ona tilimizga ehtirom ifodasi

Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida 21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “So‘z sehri” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda 9-25 guruhi o‘quvchilari ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi M. Sharipova rahbarligida faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida o‘quvchilar ona tilimizning boyligi va jozibasini tarannum etuvchi she’rlar, sahna ko‘rinishlari, badiiy

“So‘z sehri” – ona tilimizga ehtirom ifodasi Read More »

photo 2025 10 21 10 45 03

Til bayrami ko‘tarinki ruhda boshlandi!

Bugun Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida 21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan bayramona muhit hukm surdi. 9-25 guruhi o‘quvchilari ertalabdan ustozlar va o‘quvchilarni “To‘g‘risini toping” nomli qiziqarli viktorina bilan kutib oldilar. Viktorina davomida ishtirokchilar o‘zbek tili, uning boyligi va imlo qoidalariga oid savollarga javob berib, bilim va topqirliklarini

Til bayrami ko‘tarinki ruhda boshlandi! Read More »

photo 2025 10 03 10 47 54

Iqtidor egalari munosib taqdirlandilar!

Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyining bir guruh iqtidorli o‘quvchilari “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan ijodiy ishlar tanlovida faol ishtirok etdilar. Tanlov doirasida o‘quvchilar o‘zlarining she’rlari, hikoyalari, esselari, maqolalari, chizgan rasmlari hamda tayyorlagan videoroliklari orqali ustozlarga bo‘lgan cheksiz hurmat va minnatdorlik tuyg‘ularini ijodiy yondashuv bilan ifoda etdilar. Bugun, 3-oktyabr kuni o‘tkazilgan

Iqtidor egalari munosib taqdirlandilar! Read More »

photo 2025 09 30 12 05 42

Ustozlarga ehtirom va cheksiz minnatdorlik!

Bugun erta tongdan Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyi o‘quvchi-yoshlari ustozlarni bayram bilan muborakbod etish maqsadida akademik litseyga jam bo‘ldilar. Ko‘tarinki kayfiyat, samimiy tabriklar, ezgu tilaklar va iliq olqishlar ila o‘quvchilar ustozlariga o‘zlarining chuqur hurmat va ehtiromlarini izhor etdilar. Bayramona muhitda yangragan dil so‘zlari ustozlarning mashaqqatli mehnati, sabr-toqati va fidoyiligiga bo‘lgan yuksak e’tiborning yorqin

Ustozlarga ehtirom va cheksiz minnatdorlik! Read More »